Yangiliklar
ILMIY SALOHIYATINI OSHIRISHGA QARATILGAN TADBIRLAR, ILMIY IZLANISHLAR NATIJA BERMOQDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori Sanitariya-epidemiologiya xizmati sohasida yuqori malakaga ega oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash, xodimlarni kasbiy rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish hamda tibbiyot tashkilotlari, shu jumladan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarini professional mutaxassislar bilan ta’minlashda muhim qadam bo‘ldi.
Sanitariya-epidemiologiya xizmatida yangi yo‘nalish – ilm, fan va innovasion rivojlantirish bo‘yicha sohadagi kadrlar salohiyatini oshirish, yosh kadrlarni tayyorlash, ilm fanni rivojlantirish bo‘yicha faoliyat boshladi.
Keng ko‘lamli tadbirlar o‘tkazilishi, loyihalar amalga oshirilishi o‘z natijasini berib kelmoqda. Ilmiy tadqiqotlar, innovasiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash boshqarmasi xodimlari tomonidan “Koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish ko‘rsatkichlarining epidemiologik tahlili asosida infeksiyaning tarqalishini prognozlash va epidemiologik monitoring tizimini ishlab chiqish” bo‘yicha ilmiy-amaliy loyiha amalga oshirilmoqda. Ta’kidlash joizki loyihada tibbiyotning eng dolzarb masalalaridan biri aholi orasida emlashdan keyingi seroepidemiologik tahlil bo‘yicha natijalarga erishildi.
Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasida OIV bilan yashovchi shaxslarda koronavirus infeksiyasining patogeneziga ta’sir etuvchi epidemiologik va immunologik omillarning xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot o‘tkazish to‘g‘risida” deb nomlangan BMTning OITS bo‘yicha “UNAIDS” hamkorlik memorandumi doirasida amaliy loyiha bajarilmoqda.
Sohaga salohiyatli kadrlarni tayyorlash maqsadida Amerikaning kasalliklar nazorati va profilaktikasi Markazi (CDC) bilan hamkorlikda Qozog‘iston Respublikasida respublikamizning epidemiologlari uchun amaliy epidemiologiya (FETR) dasturi doirasida rejalashtirilgan 2 yillik magistraturaga Respublika saralash bosqichidan o‘tgan 2 nafar Sanitariya epidemiologiya xizmati xodimi o‘qishiga yo‘llanma oldi.
Respublikada sanitariya-epidemiologiya, yuqumli kasalliklar va bog‘liq kasalliklar sohasida 11 nafar mustaqil izlanuvchi ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda. “Koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish ko‘rsatkichlarining epidemiologik tahlili asosida infeksiyaning tarqalishini prognozlash va epidemiologik monitoring tizimini ishlab chiqish” bo‘yicha ilmiy-amaliy loyiha natijasi bo‘yicha bitta doktorlik dissertasiyasi tayyorlanmoqda.
Prezidentimizning 2020 yil 25 iyuldagi «Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni hamda 2020 yil 27 iyuldagi Qaroriga ko‘ra Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etildi. Markaz respublikadagi barcha davlat yuqumli kasalliklar shifoxonalari va dispanserlari hamda bo‘linmalari faoliyatiga tashkiliy-metodik rahbarlik qila boshladi hamda uning huzurida Ilmiy kengash tuzilib, faoliyat yuritmoqda.
Qisqa vaqt ichida boshqarma tomonidan tibbiy oliy ta’lim muassasalarida tibbiy profilaktika fakultetlari – jamoat salomatligi fakultetlariga o‘zgartirildi. 2021 yilda respublikadagi oliy tibbiy ta’lim muassasalarining tibbiy profilaktika fakultetlarida tahsil olayotgan talabalar soni jami 2339 nafar, shundan bu yilgi 200 nafar bitiruvchilar Sanitariya-epidemiologiya sohasiga ishga qabul qilindi.
Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda PZR bo‘yicha o‘quv sikli tashkil etildi va 121 nafar tibbiyot xodimlarini PZR bo‘yicha tayyorlashga erishildi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi, Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi vakolatxonasi CDC halqaro tashkiloti bilan hamkorlikda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati xodimlarini “epidemiologiya” bo‘yicha 3 oylik o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi va 18 nafar vrach epidemiolog onlayn tarzda malaka oshirish kursida tahsil oldi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi
xizmati Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi
So'nggi yangiliklar
Tadbirlar taqvimi
Dsh | Ssh | Chsh | Psh | Jm | Shn | Yak |