Yangiliklar
AHOLINING SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK MADANIYATINI OSHIRISH SOHA XODIMLARINING MAQSADI VA VAZIFASI
Zamon rivojlanib bormoqda, aholining turmush tarzi sohalarga bo‘lgan madaniyatini oshirib borish, jamiyatdagi har bir faoliyat yuritayotgan davlat tashkiloti xodimlarining
Aholining dardi, tashvishi bilan yashash, aholini rozi qilish hozirgi kunning talabidir. Shu maqsadda aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilgan samarali ishlar olib borilmoqda.
Jumladan sanitariya sohasida ham bugun “mahallabay” ishlash tizimi joriy etildi. “Mahallabay” ishlash tizimi doirasida aholining sanitariya-epidemiologik madaniyatini oshirish maqsadida Sirdaryo viloyatida 173 554 nafar xonadonlar o‘rganildi. Ularga sohaga oid me’yorlar, kasallanish holatlari, yuqumli hamda parzitar kasalliklarning oldini olish, tozalik va ozodalikka rioya qilish, ona tabiatni asrash qolaversa aholini sohaga bo‘lgan murojaatlari o‘rganib, aholiga amaliy va uslubiy yordam berilmoqda.
Tadbir boshidan buyon 236 ta mahalla, 94 679 ta xonadonlarda o‘rganish hamda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. Shunday tadbirlar viloyatning Xovos tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi tomonidan ham olib borilmoqda. Aholining muammolarini hal etishning yangicha “mahallabay” ishlash tizimini tashkil etish maqsadida tumanning “Oqchangal” MFY hududida aholi o‘rtasida sanitariya targ‘ibot ishlari olib borildi. Mavsumiy kasalliklar, koronavirus infeksiyasi, virusli gepatit kasalliklari profilaktikasi borasida tushuntirish ishlari olib borilib, yuqumli kasalliklarga chalinmaslikning yagona va xavfsiz yo‘li emlash ishlari va emlashning samaradorligi to‘g‘risida tushunchalar berilib, eslatmalar tarqatilmoqda.
Xovos tumani “Oqchangal” mahalla fuqarolar yig‘ini faoli Nasiba aya Abdullayeva shunday deydi:
– Yurtimizni obod bo‘lishi mahalladan boshlanadi, hozirda zamonimiz shiddat bilan rivojlanib bormoqda, o‘tgan bir yil biz uchun juda og‘ir sinovli bo‘ldi, ammo yurtboshimiz, viloyatimiz rahbari va mutasaddi mas’ul xodimlar boshchiligida mana bugun shunday ajoyib zamonaviy binolardan foydalanmoqdamiz. Aholi sanitariya sohasiga bo‘lgan madaniyatini oshirish juda ham to‘g‘ri tanlangan yo‘nalishlardan biridir. Kasallikning oldini olish karantin qoidalariga rioya qilish hamda xonadonlarning sanitariya himoya zonasida qurilishlari bo‘yicha bizdan-da ko‘ra soha vakillarining fikri aholi uchun juda manzur bo‘lmoqda.
So'nggi yangiliklar
Tadbirlar taqvimi
Dsh | Ssh | Chsh | Psh | Jm | Shn | Yak |