• eye
Yangiliklar
time 30.09.2021
959
Oʼzbekistonda saylov jarayonida koronavirus tarqalishining oldini olish boʼyicha qanday choralar koʼrilgani aytildi

MSK bu boʼyicha yoʼriqnomani eʼlon qildi

Oʼzbekistonda saylov jarayonida koronavirus tarqalishining oldini olish boʼyicha qanday choralar koʼrilgani aytildi

Saylov uchastkalariga 21 mingdan ortiq tibbiy xodim biriktirildi

Bu haqda MSKning navbatdagi yigʼilishida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʼi oʼrinbosari Botir Qurbonov maʼlum qildi.

● Qayd etilishicha, COVID shifoxonalariga “yopiq saylov uchastkasi” maqomi berildi;

● mustaqil yurish imkoniyati boʼlgan bemorlar shifoxona hududida maxsus tayyorlangan xonada ovoz berishlari tashkillashtiriladi;

● yotoq rejimidagi bemorlar maxsus mobil saylov qutilari orqali ovoz berishlari tashkil etiladi.

Shuningdek, 141 791 nafar saylov komissiya aʼzosini emlash rejalashtirilgan boʼlib, rejaga asosan 132 645 ta saylov komissiya aʼzolari emlangan. Emlash jarayoni davom etmoqda.

So'nggi yangiliklar
Tadbirlar taqvimi

Tadbirlar taqvimi

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma’muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Muammo haqida ma'murga xabar bering