Yangiliklar
GELMINTOZLАRNI YENGISHDАGI ODDIY QOIDАLАR
Hozirgi kunda bolalar orasida koʼp uchraydigan kasalliklardan biri bu – gelmintoz kasalligidir.
Hozirgi kunda bolalar orasida koʼp uchraydigan kasalliklardan biri bu – gelmintoz kasalligidir. Gelmintozlar inson organizmiga parazit chuvalchanglar (gijjalar) kirishi natijasida yuzaga keladi. Chuvalchanglar oʼzi yashab turgan vujuddagi ozuqalar hisobiga kun koʼradi. Masalan, ular darmondorilar, oqsillar, uglevodlar va mikroelementlarni yutadi, ayrimlari esa qon soʼradi.
Bugungi kunda bunday zararkunandalarning 250 ga yaqin turi aniqlangan boʼlib, shulardan 9 xili bolalarda uchraydi. Bolalarning meva-sabzavotlarni yuvmasdan yeyishi, oʼyinchoqlar, oʼquv qurollarini ogʼziga solishi natijasida gijja paydo boʼladi. Аgar kasallik kuzatilsa bolaning qorni ogʼriydi, asabiylashadi, jizzaki boʼlib qoladi, uyqusida tishlarini gʼichirlatadi. Orqa chiqaruv aʼzosi qichishadi, bola uni qashiyverishi natijasida toshma hosil boʼladi, teri yuzasi yiringlashi mumkin. Parazit najas chiqish yoʼllariga 5 mingdan 150 mingtagacha tuxum qoʼyadi. Ular tez rivojlanadi va ichak orqali butun tanaga tarqaladi.
Bolalarga gelmintozlar asosan yuvilmagan meva-sabzavotlar, koʼkatlar, bolalar tuvaklari va uy hayvonlari orqali yuqadi.
Аholi, ayniqsa yosh bolalar oʼrtasida shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish boʼyicha tadbirlarning kuchaytirilishi gelmintoz kasalliklari bilan zararlanish holatlarining minimallashtirilishi va kasallikning bartaraf etilishiga olib keladi.
So'nggi yangiliklar
Tadbirlar taqvimi
Dsh | Ssh | Chsh | Psh | Jm | Shn | Yak |