• eye
Rahbariyat
O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig`i
O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig`i
Rahbar : Baxodir Qahramonovich Yusupaliyev
Qabul : CHorshanba: 15:00 dan 17:00 gacha
Telefon : +998 78 888 01 01 (001)
Email : bakhodir.yusupaliev@ssv.uz

Tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yusupaliyev Bahodir Kahramanovich 1972 yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan.

1995 yilda Toshkent pediatriya tibbiyot institutini tamomlagan.

1995-1996 yy. — Toshkent pediatriya tibbiyot instituti bolalar xirurgiyasi kafedrasi shifokor-interni.

1996-1997 yy. — Guliston shahar markaziy poliklinikasi xirurgi, travmatolog-ortopedi, tez tibbiy yordam shifokori.

1997-2002 yy. — Tibbiyot sanitariya birlashmasi markaziy poliklinikasi xirurgi.

2002-2005 yy. — Tibbiyot sanitariya birlashmasi qoshidagi “O‘zbekiston” ochiq aksiyadorlik jamiyati bosh direktori o‘rinbosari.

2005-2009 yy. — O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Davolash-profilaktika yordamini tashkillashtirish bosh boshqarmasi mutaxassisi, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari.

2009-2012 yy. — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamentining sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi.

2012-2015 yy. — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamentining sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofazani rivojlantirish shu’basi mudiri.

2015-2017 yy. — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Sog‘liqni saqlash, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri.

2017-2020 yy.— O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari.

2020 yilning aprelidan buyon — O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari –  Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i.

O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig'ining birinchi o‘rinbosari
O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig'ining birinchi o‘rinbosari
Rahbar : Norboyev Xolmamat Nuraliyevich
Qabul : Dushanba: 15:00 dan 17:00 gacha
Telefon : +998 78 888 01 01 (002)
Email : kholmamat.norboev@ssv.uz

X.Norboev 1977 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan bo‘lib, Samarqand, Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlarida harbiy sohaning sanitariya-epidemiologiya yo‘nalishida faoliyat yuritgan. Mutaxassisligi – gigienist-epidemiolog shifokor. 2002 yildan boshlab bir qator harbiy unvonlarga sazovor bo‘lgan, 2018 yilda esa tibbiy xizmat podpodkovnigi darajasiga erishgan. SEOJS boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlanishdan avval O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bosh sanitariya vrachi – Sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi boshlig‘i bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig'ining o'rinbosari
O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig'ining o'rinbosari
Rahbar : Atabekov Nurmat Satiniyazovich
Qabul : Seshanba: 15:00 dan 17:00 gacha
Telefon : +998 78 888 01 01 (003)
Email : nurmat.atabekov@ssv.uz

1957 yilda tug‘ilgan Nurmat Atabekov ko‘p yillar davomida gigiena, sanitariya va epidemiologiya sohasida turli lavozimlarni egallab kelgan. Jumladan, Toshkent viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i, Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i,  Respublika OITSga qarshi kurashish markazi direktori hamda Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti direktori lavozimlarida ishlab kelgan. Tayinlovdan avval esa Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan.

O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig'ining o'rinbosari
O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig'ining o'rinbosari
Rahbar : Qurbonov Botirjon Jo'raboyevich
Qabul : Payshanba: 15:00 dan 17:00 gacha
Telefon : +998 78 888 01 01 (005)
Email : botirjon.kurbanov@ssv.uz

Kurbanov Botirjon Juraboevich 1979 yilda tug‘ilgan. Ko‘p yillar davomida sanitariya-epidemiologiya sohasida faoliyat yuritgan. U II darajali “Salomatlik” ordeni sohibidir. Tayinlovdan avval B.Kurbanov Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig'ining o'rinbosari
O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig'ining o'rinbosari
Rahbar : Hayitov Qobuljon Isoqulovich
Qabul : Juma: 15:00 dan 17:00 gacha
Telefon : +998 78 888 01 01 (004)
Email : kobuljon.khayitov@ssv.uz

Hayitov Qobuljon Isoqulovich 1986-yil 19-iyunda Navoiy viloyati Xatirchi tumanida to‘g‘ilgan. 2007-yili Toshkent moliya institutini tamomlagan. "Soliq xizmatining II darajali maslahatchisi" maxsus unvoniga ega.

2007-2008 yy. - O‘zbekiston-Rossiya O‘zDonMash qo‘shma korxonasi Tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘limi mutaxassisi
2008-2010 yy. - O‘zbekiston-Rossiya O‘zDonMash qo‘shma korxonasi Tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘limi boshlig‘i
2010-2010 yy. - "EffektAgroTexservis" mas'uliyati cheklangan jamiyat buxgalteri, bosh buxgalteri
2010-2011 yy. - Xalq banki Yunusobod filiali menejer maslahatchisi, bo‘lim boshlig‘i
2011-2012 yy. - Vaqtincha ishsiz
2012-2013 yy. - Davlat soliq qo‘mitasi Davolash-sog‘lomlashtirish majmuasi Buxgalteriya hisobi bo‘limi yetakchi iqtisodchisi
2013-2017 yy. - Davlat soliq qo‘mitasi Davolash-sog‘lomlashtirish majmuasi bosh buxgalteri
2017-2017 yy. - Davlat soliq qo‘mitasi Moddiy-texnika ta'minoti va xo‘jalik ishlari boshqarmasi Davlat soliq qo‘mitasi Markaziy apparati buxgalteriya hisobi bo‘limi boshlig‘i 
2017-2018 yy. - Davlat soliq qo‘mitasi Moddiy texnika ta'minoti va xo‘jalik ishlari boshqarmasi Markaziy apparat buxgalteriya hisobi bo‘limi boshlig‘i
2018-2019 yy. - Davlat soliq qo‘mitasi Moliya va moddiy-texnika ta'minoti boshqarmasi davlat soliq katta inspektori
2019-2020 yy. - Davlat soliq qo‘mitasi Moliya va moddiy-texnika ta'minoti boshqarmasi davlat soliq bosh inspektori
2020-2020 yy. - Davlat soliq qo‘mitasi Moliya va moddiy-texnika ta'minoti boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari
2020-2020 yy. - Davlat soliq qo‘mitasi Moliya va moddiy-texnika ta'minoti boshqarmasi Buxgalteriya bo‘limi davlat soliq bosh inspektori

 

Tadbirlar taqvimi

Tadbirlar taqvimi

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma’muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Muammo haqida ma'murga xabar bering